Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryolik yosh tadbirkor viloyat hokimidan yordam so‘ramoqda (video)

Qashqadaryolik yosh tadbirkor viloyat hokimidan yordam so‘ramoqda (video)

Qarshi tumanidagi “Uzunnavo” mahallasi shundoqqina shahar markazidan chiqishda joylashgan. Bu joyni ko‘pchilik yangi qurilgan uy-joylardan yaxshi biladi. “Nasafnews”ga murojaat qilgan yosh tadbirkor Laziz Xolov tuman hokimligi qaroriga asosan aynan shu mahalladan yer olib, o‘z tadbirkorligini rivojlantirmoqchi, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchi edi. Biroq unga mahalliy hokimiyat emas balki bir necha xonadonda istiqomat qiluvchi aholi qarshilik ko‘rsatmoqda.Hokimiyat esa bu mojaroni jim kuzatgan ko‘rinadi shekilli, hali-hamon masalaga yechim topilmayapti.

Xonadon egalarining vajlari asossizmi?

Aniqlanilishicha, tadbirkor sotib olgan yer maydoni atrofida istiqomat qiluvchi xonadon egalari o‘z manfaatlarini ko‘zlamoqda. Ya’ni "bu yer maydoni bizga tegishli( qonuniy asos yo‘q) uni begonaga bermaymiz, tadbirkor tinchimizni buzadi" kabi vajlar bilan yuqori turuvchi davlat organlari murojaat etmoqda. Natija yosh tadbirkor biznesini boshlashga ikkilanayapti.

Tadbirkor sotib olgan yer qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lekin bu yerda issiqxona tashkil etib, yaxshi daromad olsa ham bo‘ladi. Buni inobatga olib Qarshi tuman hokimligi qarori qabul qilingan.Laziz Xolovning fikriga ko‘ra, agarda o‘z mablag‘idan issiqxonani qurib bitirsa, bu yerda 10 dan ortiq mahalla ayollari ish bilan ta’minlanadi. Hozirda ularning nomzodi shakllantirilgan. Xotin-qizlar o‘z uyiga yaqin joyda ishlab qo‘shimcha mablag‘ topsa buning nimasi yomon? 

Mahalliy hokimiyat tomonidan Tog‘ayev Elbek va boshqalarda er maydoniga tegishli huquqiy hujjat mavjud emasligi, fuqaro Xolovga tegishli tashkilot xulosalari va tuman hokimining qaroriga asosan issiqxona binosini loyihalashtirib qurish uchun yer maydoni ajratilib berilgani va issiqxona qurish uchun to‘sqinlik qilmasliklari tushuntirilgan. Biroq bu tushuntirish ishlari natija bermayapti. Shu sababli tadbirkor Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevga videomurojaat orqali yordam so‘ramoqda.

Aslida Yakkabog‘ voqelari rahbarlarni anchagina sergaklikka chorladi. Shu bilan birga xulosa qilishga ham undadi. Mazkur voqea hokimiyat va tadbirkor o‘rtasida mustahkam ko‘prik o‘rnatilmagani, tadbirkorning muammosi tinglanmagani tufayli yuzaga kelganini barchamiz bilamiz. Xo‘sh, Qarshilik tadbirkor muammosiga yechim topilarmikan? Kuzatamiz.

Dilshod Nabiyev

Kiritildi: 13:43 14.08.2019. O'qildi: 1989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!