Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryolik tadbirkor oxirgi chora sifatida hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

Qashqadaryolik tadbirkor oxirgi chora sifatida hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan shaxs yo‘l yoqasida joylashgan magazinini buzilishi ortidan hokim o‘rinbosarini yoqdi.

Darhaqiqat 4-5 oydan buyon Tumanning Yakkabog‘ “posyolka”sidan “Do‘ng qishloq”qacha bo‘lgan hudud “Obod qishloq” dasturi loyihasiga tushganligi sababli, asosan yo‘l kengaytirilib, yo‘l ustida joylashgan qurilishlar buzilmoqda (Bir tomondan qashqadaryolik ko‘pchilik o‘zi yashayotgan hudud bu loyiga tushishini orzu qilib yashamoqda – Tahririyat).

Tadbirkor B.D.ning ham magazini buzilishi kerak bo‘lgan va bunga tadbirkor oila a’zolari bilan bir qancha vaqt qarshi bo‘lib kelishgan.

So‘ngra bu ishga shaxsan tuman hokimining o‘rinbosari M.T. aralashgan.

“Jahon.uz” axborot portaliga yakkabog‘lik ishonchli manbaning xabar qilishicha, hokim o‘rinbosarining o‘zi traktorni boshqarib, do‘konni buzishga harakat qilgan.

Bu vaqtda esa tadbirkor yugurib kelib avval yoqilg‘i (benzin yoki dizel yoqilg‘isi) sepib yuborib, keyin gugurt chaqqan. Oqibatda esa hokim o‘rinbosari olov ichida qolgan.

Shu yerda ichki ishlar xodimlari va to‘plangan boshqa fuqarolar yordamida hokim o‘rinbosariga yordam ko‘rsatilgan va darhol u tuman markazidagi shifoxonaga olib ketilgan.

Kutilganidek, tadbirkor hibsga olingan.

Ishonchli manbaning xabariga ko‘ra, Prokuratura tomonidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyatidagi jinoyatlar yashirib kelingani va so‘nggi kunlarda o‘ziga xos “portlash” yuz berganini ko‘rish mumkin. Sababi, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida “Rusqishloq”dan (Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev tug‘ilib o‘sgan qishloq – Tahririyat)bo‘lgan ikki yigit, fohisha deya haqorat qilib ikki qizni samosud qilgan video (Axborot portalimiz orqali tez fursatda batafsil ma’lumot beriladi) va bu kabi jinoyatlar asl holatni fosh qilib qo‘ymoqda.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Yakkabog‘ tumani hokimligi bahordagi sel oqibatida buzilgan ko‘prik qurilishida ancha beparvo bo‘lganini xalq ancha payt gapirib yurgandi. Buzilgan ko‘prik sabab Jarqishloq va undan yuqori qishloq aholisi ko‘p azob chekkanini yozgan edi.

Kiritildi: 07:00 23.07.2019. O'qildi: 5223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!