Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryolik ruhiy xasta ayol singlisining 2 yashar bolasini o‘g‘irlab, Toshkentga keldi

Qashqadaryolik ruhiy xasta ayol singlisining 2 yashar bolasini o‘g‘irlab, Toshkentga keldi

Qashqadaryoda ruhiy kasal opa o‘z singlisining 2 yashar bolasini o‘g‘irlab Toshkentga keldi va chiqindixonada boshpana topdi. Bu haqda "qalampir.uz" xabar berdi.

Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi xodimi Feruza Oripova psixolog Shoira Isoqova qo‘ng‘iroq qilib, o‘z duch kelgan voqeani so‘zlab bergan. 

“Feruza, uzr sizni bezovta qildim, ishga shoshayotgandirsiz... Menga ham hozir tanishlarim qo‘ng‘iroq qilib, “Shoira opa, biz yashayotgan uy yaqinidagi chiqindixonada bir ayol 1-2 yoshlar atrofidagi bola bilan yashayapti. Bola tinimsiz yig‘laydi, ona esa “Qashqadaryolikman, davolanishim kerak, bolani detdomga topshiraman” deydi, nima qilsak ekan shu bo‘yicha?” deb so‘rashyapti. Shuning uchun darrov sizga telefon qildim”, deb qo‘mita xodimidan maslahat so‘raydi psixolog.

 “Shoira opa, o‘shalarga ayting, bizning 1146 raqamli “Ishonch telefoni”mizga chiqib, voqea haqida batafsil ma’lumot berishsin. Ona-bola hali ham chiqindixonada bo‘lsa, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga zudlik bilan yuborishsin”, deydi qo‘mita xodimi psixologga javoban. 

O‘sha kuni soat 10:00 atrofida Qo‘mitada davom etayotgan qabul payti Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ozoda Islomovaning qabuliga o‘zini “qashqadaryolikman”, deya tanishtirgan ayol qo‘lida kichkina bola bilan kirib keladi. Suhbat jarayonida ayolning o‘zini tutishi, bolaga nisbatan o‘ta sovuqqon ekanligi va yoshi kattaligi, bolani avvaliga o‘z farzandim deb tanishtirib, keyin esa birovning bolasi deyishi, savollarga uzuq-yuluq javoblar berishi Ozoda Islomovada shubha uyg‘otadi. U vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga qo‘ng‘iroq qilib, ayol haqida ma’lumot so‘raydi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu ayol aslida ruhiy kasal bo‘lib, haqiqatan ham bola uniki bo‘lmagan. Ayol singlisining farzandini o‘g‘rilab kelgan. Ota-ona 2 kundan buyon bolasini qidirayotgan, hatto, uni topish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi ham “oyoqqa turgan”. Bolakayning onasi esa xavotir va qo‘rquvdan ahvoli yomonlashgan.

Shu kuni Qashqadaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tezkor chora ko‘rib, ayol va bola uchun mashina yuborgan. Bolakay onasining qo‘liga sog‘-omon topshirilgan. Xasta ayol esa davolanishi uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 16:32 05.11.2019. O'qildi: 2636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!