Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryolik erkak YPX xodimlarining qorniga tepib, barmog‘ini sindirdi

Qashqadaryolik erkak YPX xodimlarining qorniga tepib, barmog‘ini sindirdi

2020 yil 20 yanvar kuni soat 21:30larda, Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahar hududi bo‘ylab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlab, bodikameralar bilan xizmat olib borayotgan Sirdaryo tumani IIB YHXB YPXG katta inspektorlari, E. Parmanov, S.Fayziyev hamda tumani IIB 2-son mahalla IIB YPX xodimi F.Alimbayevlar Sirdaryo shahar O‘zbekiston shoh ko‘chasida mastlik holatini aniqlash bo‘yicha reyd olib borayotgan vaqtida, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Xamroyev Jamoliddin Zaxriddinovich Yangi Mirishkor qishlog‘ida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan Umarov Baxtiyor Panjiyevichga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli 70 K 676 LA davlat raqam belgili avtomobilni xujjatlarsiz boshqarayotib, YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar tarqatdi.
Shundan so‘ng, YPX katta inspektori E.Parmonov “Lasetti” rusumli 20 230 VSF davlat raqam belgili xizmat avtomobilida YPX inspektorlari S.Fayziyev va F.Alimbayevlar bilan birgalikda “Neksiya” avtomobilini kuzatib borishgan. Ular to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan transport vositasini Sirdaryo shahar Yangi Hayot mahallasidagi “Mega lyuks” korxonasi yonida to‘xtatib, haydovchidan xujjatlarni taqdim etishini so‘rashgan. Haydovchi J.Xamroyev boshqarish huquqini beruvchi xujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan vaqtida, “Neksiya” avtomobili yo‘lovchisi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Panjiyev Jaxongir Baxtiyor o‘g‘li yo‘lovchi o‘rindig‘i tomonidan tushib kelib, tizzasi bilan, xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori E.Parmonovning qorin qismiga tepib, ko‘krak nishonini yulib olgan. 
Shuningdek, YPX inspektori serjant S.Fayziyev fuqaro J.Panjiyevni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtida, unga ham faol qarshilik ko‘rsatib, uning ham ko‘krak nishonini yulib olib, barmog‘ini qayirib sindirgan. YPX inspektorlari fuqarolar J.Panjiyev va J.Xamrayevlarni shaxsiga aniqlik kiritish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida Sirdaryo tumani IIBga olib kelishgan vaqtida, fuqaro J.Panjiyev o‘zining huquqbuzarligini yana davom ettirib, safdor F.Alimboyevning yuz qismiga bir marotaba kallasi bilan urib, tan jarohati yetkazgan. 
Fuqaro J.Panjiyevni alkotestor ko‘rigidan o‘tkazilganda, “alkogol mastlik” holatida ekanligi aniqlangan. 
Hozirda bodikameralar xotiralari tekshirilib, Sirdaryo  tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 15:44 21.01.2020. O'qildi: 3698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!