Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda "Neksiya"da iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Qashqadaryoda "Neksiya"da iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Joriy yilning 1 iyul sanasida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan shu kuni soat 23:30 larda, “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelgan, haydovchi E.E. boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya-1" rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, avtomobilning saloni va yukxonasidan veterinariya ma’lumotnomalarisiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Go‘sht mahsulotlaridan Qashqadaryo viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan namunalar olinib tekshirilganda, shahar ekspertiza laboratoriyasining 2020 yil 2 iyul kunidagi xulosasiga asosan, jami 400 kg og‘irlikdagi qora mol go‘shti iste’molga yaroqsiz deb topilib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Kiritildi: 15:28 02.07.2020. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!