Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda birinchi xalqaro anor festivali o‘tkaziladi

Qashqadaryoda birinchi xalqaro anor festivali o‘tkaziladi

25 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘ida birinchi xalqaro anor festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo hududiy boshqarmasi boshlig‘i Otabek Olimjonov ma’lum qilmoqda.

Mazkur festivalga 15 ta xorijiy mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda.

— Xalqaro anor festivalida auksion savdo tashkil etishni maqsad qilganmiz. Varganza qishlog‘idagi anor daraxtlaridan eng katta anorni tanlab olib, uni auksionda sotmoqchimiz. Auksion savdoda Varganza qishlog‘ida tadbirkorlardan tashqari xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishi kutilmoqda. Eng qizig‘i, auksionda sotilgan anor puli festival so‘ngida ushbu qishloqda dunyoga kelgan birinchi chaqaloqqa beriladi. Va har yili ushbu an’anani davom ettirishni mo‘ljal qilganmiz, — deydi Otabek Olimjonov.

Aytishlaricha, ushbu qishloqning o‘zida anor eksporti bilan shug‘ullanuvchi 30 nafar tadbirkor faoliyat yuritarkan.

Ma’lum qilishlaricha, 2018 yil faqatgina Varganza qishlog‘ining o‘zidan xorijga 2000 tonna anor eksport qilingan. Varganza anorlarining asosiy xaridorlari Rossiya va Janubiy Koreya hisoblanadi. Xorijga sotilgan anorlarning kilosiga 2 AQSh dollari miqdorida haq to‘langan.

— Nasib etsa 2019 yil xorijga qishlog‘imizning o‘zidan 5000 tonna anor eksport qilishni maqsad qilganmiz. Yana bir quvonarli holat esa eoriy yilgi xaridorlarimiz ichida Yaponiya davlati ham borligi,— deydi Varganza mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ziyodulla Mirzayev.

Kiritildi: 20:09 25.08.2019. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!