Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yo‘li topildi

Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yo‘li topildi

Kanada olimlari qandli diabet kasalligining II turi rivojlanishini sekinlashtirish va oldini olish yo‘lini topdi. Buning uchun tegishli ko‘rsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur.

Tadqiqotda ishtirok etgan ko‘ngillilar olti oy davomida odatdagi me’yordan ko‘proq dozada mazkur darmondorini qabul qildi. Yakunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlandi.

Ammo ko‘p yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funksiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy ko‘rsatkichga erishish uchun yanada ko‘proq vaqt talab etilishi mumkin.

Shuningdek, qandli diabet bilan og‘rigan va unga moyilligi bo‘lganlar maxsus ovqatlanish rasioniga qat’iy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.

Kiritildi: 19:43 23.11.2022. O'qildi: 2752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!