Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qanday qilib? O‘lgan ayolni boshqa ayolning nomi bilan dafn etishdi

Qanday qilib? O‘lgan ayolni boshqa ayolning nomi bilan dafn etishdi

Demixov nomidagi Moskva kasalxonasida keksa bemorlarni almashtirib qo‘yishdi, ulardan biri vafot etdi va boshqa nom bilan ko‘mildi.

"Mash" telegram kanaliga ko‘ra, 78 yoshli pensioner Aleksandra Shutko kasalxonaga yotqizilgan, bir necha kundan keyin vafot etgan. Shifokorlar uni boshqa bemor – Anna Artemova deb o‘ylab, Artemova o‘ldi, degan xulosaga kelishgan, so‘ng jasadni aynan Annaning qarindoshlariga topshirishgan. Marhumaning qarindoshlari esa buni sezishmagan va dafn qilishgan.

Ammo haqiqiy Anna Artemova bir necha kundan keyin tuzalib ketdi va uni Aleksandra Shutkoning nabirasi uyiga olib ketgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:46 30.03.2020. O'qildi: 3067 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!