Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qanday choy qonda shakarni kamaytiradi?

Qanday choy qonda shakarni kamaytiradi?

Parhezshunos Pokiza Gizam Oqgulning aytishicha, ko‘k choy immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimi va uning tarkibidagi shakar miqdorini me’yorlashtiradi, saratondan himoya qiladi va semizlikning oldini oladi. Bu haqda Turkiyaning Sabah nashri xabar berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir o‘simlikdan qora va yashil choy tayyorlanishiga qaramay, mahsulotlar qayta ishlash texnologiyasida farqlanadi. Xususan, yashil choy polifenollarga, B1 va B2 vitaminlariga boy, shuningdek, 10 barobar ko‘proq S vitaminiga ega. Bundan tashqari, yashil choyda stressni yo‘qotuvchi teanin moddasi mavjud.

Parhezshunos bir kunda uch chashkadan ortiq choy ichishni tavsiya qilmaydi. Ayniqsa, qandli diabet, yurak-qon tomir, buyrak kasalliklari, hamda qalqonsimon bezda muammolari bor odamlarga ko‘k choyni shifokor maslahati bilan iste’mol qilishni tavsiya qildi.

Kiritildi: 23:20 16.05.2022. O'qildi: 4750 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!