Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qamoqxonaga erini ko‘rishga borgan qoraqalpog‘istonlik ayol o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Qamoqxonaga erini ko‘rishga borgan qoraqalpog‘istonlik ayol o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan eridan xabar olishga borgan qoraqalpog‘istonlik ayol o‘g‘rilikka qo‘l urdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi 21 yoshli fuqaro S.A. avval ikki marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, yana o‘g‘rilikka qo‘l urgan.

U erini ko‘rishga borgan kuni 20:00 dan soat 21:00 ga qadar bo‘lgan vaqtda «Cho‘lquvar» MFYdagi xonadonlarning biriga o‘g‘rilikka tushgan. Uy yotoqxonasidagi temir seyfning qulfini buzib, seyf ichidan 2 million 400 ming so‘m va 100 dollar pul hamda jami bahosi 9 million 800 ming so‘mlik uch turdagi ayollar tilla taqinchog‘ini o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida qoraqalpog‘istonlik ayolning kirdikori fosh etilgan. U ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Qorovulbozor tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:53 29.10.2020. O'qildi: 3835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!