Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Qamchiq"da avtofalokat: ikki kishi vafot etdi

"Qamchiq"da avtofalokat: ikki kishi vafot etdi

2022 yil 20 avgust kuni soat 01:45 larda, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223 km.da, Isuzu rusumli avtomobilni “Vodiy - Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yukotib, o‘zining oldida harakatlanib ketayotgan, 2 ta Lasetti avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘lning har ikkala kismiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan. Isuzu avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etganlar.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:42 22.08.2022. O'qildi: 3419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!