Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qadimiy topilma arxeologlarni insoniyat evolyusiyasini qayta o‘ylab ko‘rishga majbur qildi

Qadimiy topilma arxeologlarni insoniyat evolyusiyasini qayta o‘ylab ko‘rishga majbur qildi

Tosh asri insoniyat rivojlanishining metall asridan oldingi ulkan davrini anglatuvchi arxeologlar tomonidan ishlatiladigan atama hisoblanadi. Yaqinda Afrikaning g‘arbiy sohilida aniqlangan topilma esa arxeologlarni insoniyat evolyusiyasini chinakamiga qayta ko‘rib chiqishga undadi va tosh asri ba’zi mintaqalarda ancha uzoq davom etgan bo‘lishi mumkinligini namoyish etdi.

“Daily Mail” xabariga ko‘ra, hududda olib borilgan qazilma ishlari davomida mutaxassislar tosh davriga taalluqli 11 ming yillik tarixga ega qurollarga oid dalillar topishgan. Ta’kidlanishicha, topilma bu ushbu vositalardan oxirgi marta foydalanilganidan taxminan 20 ming yil o‘tgach aniqlangan.

Avvalgi kashfiyotlar Afrikadagi odamlarning taxminan 30 ming yil avval oddiy nayza uchlari va uchli qilib yasalgan toshlarni zamonaviy asbob-uskunalar, shu jumladan, nayza va pichoqlar bilan almashtirganligini taxmin qilgan edi. Bu o‘z navbatida, ba’zi qadimiy odamlarning yangi asboblardan foydalanishga boshqalarga qaraganda kechroq o‘tishganligini ko‘rsatadi.

Olimlarning fikricha, ularning tadqiqotlari qadimgi odamlar guruhlari tarixdan oldingi davrlarning aksariyat qismida bir-biridan alohida-alohida yashagan degan fikrni tasdiqlaydi.

Shuningdek, topilma avvaldan ma’lum bo‘lgan - insoniyat bir xil yo‘l bilan rivojlangan degan nazariyani ham inkor etmoqda. Buning o‘rniga, tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, dunyo bo‘ylab istiqomat qilgan qadimiy odamlar turli xil sur’atlarda rivojlanishgan.

Qayd etilishicha, arxeologlar guruhi tosh asrida yashagan g‘arbiy afrikaliklarga yangi asboblarni o‘zlashtirish uchun nega ko‘proq vaqt talab qilinganligini aniq bilishmaydi, ammo taxmin qilinishicha, bu ularning geografik izolyasiyasi va mintaqadagi iqlimning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 22:00 14.01.2021. O'qildi: 4305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!