Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Ukrainaga hujumni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi. Sababi ma’lum

A A A
Putin Ukrainaga hujumni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi. Sababi ma’lum

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar 24:00 gacha Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Hazrati Patriarx Kirillning murojaatini inobatga olib, Rossiya Federasiyasi Mudofaa vaziriga 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi barcha aloqa chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni topshiraman”, deyiladi bayonotda.

Kremlning ta’kidlashicha, pravoslavlikni tan olgan ko‘plab fuqarolar jangovar hududlarda yashaydi, shuning uchun Rossiya Ukraina tomonini ularga "Rojdestvo arafasida, shuningdek, Masihning tug‘ilgan kunida marosimlarda qatnashish" imkoniyatini berishga chaqiradi.

Kiritildi: 22:25 05.01.2023. O'qildi: 11434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!