Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Ukrainaga 15 may kuni Istanbulda hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

Putin Ukrainaga 15 may kuni Istanbulda hech qanday dastlabki shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

Rossiya prezidenti o‘zining jurnalistlar oldida qilgan chiqishida Ukraina tomonini o‘zi bir tomonlama e’lon qilgan “o‘t ochishni to‘xtatish rejimini” buzganlikda va 9 may kuni Moskvaga paradda qatnashish uchun kelgan davlat rahbarlarini qo‘rqitishga urinishda aybladi.

Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:

◾️ Shimoliy koreyalik harbiylar Kursk viloyatida nihoyatda professional harakat qilishdi, yaxshi tayyorgarlik va mahorat ko‘rsatishdi;

◾️ Kursk viloyatini ozod etishda ishtirok etgan KXDRdan kelgan qo‘mondonlar va maxsus kuchlar askarlariga shaxsan minnatdorchilik bildirganimdan mamnunman;

◾️ Biz Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni tiklash yo‘nalishida harakat qilyaomiz;

◾️ Qator Yevropa mamlakatlari hanuzgacha Rossiya bilan qo‘pol ohangda va ultimatumlar bilan gaplashishga urinishmoqda;

◾️ Rossiya bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqqan, ammo Kiyev energetika ob’ektlariga hujumlar bo‘yicha moratoriyga rioya qilmagan, hattoki Pasxa sulhiga ham amal qilinmagan;

◾️ Kiyev hukumati o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga umuman javob bermadi;

◾️ Ushbu 3 kunlik sulh davomida Ukraina tomonidan Rossiya davlat chegarasiga qasddan 5 marotaba hujum qilishga urinish bo‘ldi. Barcha hujumlar va Rossiya Federasiyasi hududiga kirishga urinishlar qaytarildi, dushman katta yo‘qotishlarga uchradi;

◾️ Turkiyaning Rossiya-Ukraina muzokaralarini tashkil qilishdagi muhim rolini qayd etish joiz;

◾️ Tez orada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Ukrainada tinchlikka erishish masalasini muhokama qilaman;

◾️ Rossiya Ukraina bilan jiddiy muzokaralarga tayyor, maqsad mojaroning asl sabablarini bartaraf etish;

◾️ Okoplar kavlash bilan tinchlikka erishilmaydi, bizga uzoq muddatli tinchlik zarur;

◾️ Ukraina bilan muzokaralar davomida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishish mumkinligini istisno qilmayman;

◾️ Moskvaning muzokaralar bo‘yicha taklifi hanuz dolzarb, so‘z Kiyev va uning homiylarida;

◾️ Rossiya tinchlik yo‘lida vositachilik qilayotganlarga, jumladan Tramp ma’muriyatiga ham minnatdorchilik bildiradi.

Kiritildi: 10:17 11.05.2025. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!