Putin reytingi pasayishi fonida ko‘proq omma oldida ko‘rinish bermoqda, ammo xavfsizlik sababli hududlarga chiqmayapti – "Meduza".
Faridaily nashri Kreml matbuot xizmati xabarlarini o‘rganib chiqib, Vladimir Putin aprel va may oylarida 2026 yilning dastlabki uch oyiga nisbatan ancha ko‘proq omma oldida chiqish qilgani haqida xulosaga keldi. Ushbu ikki oy ichida u hatto Xitoy va Qozog‘istonga tashrif buyurdi.
Biroq prezident Rossiya ichkarisida deyarli sayohat qilmayapti. Yanvardan may oyigacha u Moskvadan rasman faqat ikki marta — ikkala safar ham Sankt-Peterburgga chiqqan.
Nashrning Kremlga yaqin manbasiga ko‘ra, Putin xavfsizlik nuqtai nazaridan Rossiya hududlariga borishni to‘xtatgan. Manbaning ta’kidlashicha, Xitoy va Qozog‘iston poytaxtlarida infratuzilma jihatidan xavfsizlikni ta’minlash, masalan, Ryazan yoki Kemerovoga qaraganda osonroq.