Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Pashinyan bilan telefon orqali Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

A A A
Putin Pashinyan bilan telefon orqali Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Armaniston tomonining tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Rossiya davlat rahbari matbuot xizmati.

“Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatning rivojlanishi, shuningdek, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

“Shu nuqtai nazardan, Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasidagi 2020 yil 9 noyabr, 11 yanvar va 2021 yil 26 noyabrdagi kelishuvlarning barcha bandlarini amalga oshirish muhimligi tasdiqlandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq, 3 avgust kuni Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani, 19 nafari yaralangani xabar qilingandi.

Kiritildi: 11:19 09.08.2022. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!