Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Putin bilan ishqiy munosabatda ekanligi gumon qilinadigan Alina Kabayevaning daromadi qanchaligi ma’lum bo‘ldi

Putin bilan ishqiy munosabatda ekanligi gumon qilinadigan Alina Kabayevaning daromadi qanchaligi ma’lum bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatda ekanligi gumon qilinadigan badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni, Davlat Dumasining sobiq deputati Alina Kabayeva Putinga yaqin odam - tadbirkor Yuriy Kovalchukning media-xoldingidan yuz million rubl oladi.

Bu haqda “Insider” portali xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, deputatlik davrida Kabayeva yiliga taxminan 10 million rubl ishlab topgan, 2014 yilda esa parlamentni tark etib, Kovalchuk aksiyador bo‘lgan “Milliy Media Group” (MMG) direktorlar kengashi rahbari sifatida ish boshlagan.

MMG direktorlar kengashi rahbari sifatida 2018 yilda 785 million 400 ming rubl daromad olgan. Bu haqda Federal Soliq xizmati bazasidagi ma’lumotlar tarqalishi tufayli ma’lum bo‘lgan. “Insider” ushbu ma’lumot tasdiqlanganligini ta’kidlamoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Kovalchuk Kabayeva va uning oilasining moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan yagona shaxs emas.

Zero, sobiq gimnastikachining onasi Kunsevodagi sport majmuasini boshqaradi va maydonlarni ijaraga berish evaziga pul ishlab topadi, masalan, “Rosneft” kabi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu davlat kompaniyasini ham Putinga juda yaqin bo‘lgan Igor Sechin boshqaradi. Shuningdek, oligarx Arkadiy Rotenbergdan Kabayevaning singlisi kvartira, buvisi esa uchastka va uy olgan.

Nashrning xabar berishicha, Kabayevalar oilasi a’zolari boshqa mulklarni ham Vladimir Putinga yaqin rus elitasi vakillarining qo‘lidan olgan.

Kiritildi: 20:25 25.11.2020. O'qildi: 8235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!