Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

"Pul bermasang, sharmandangni chiqaraman": shaxsiy suratlar bilan tahdid qilgan buxorolik o‘smir qo‘lga olindi

"Pul bermasang, sharmandangni chiqaraman": shaxsiy suratlar bilan tahdid qilgan buxorolik o‘smir qo‘lga olindi

Buxoro. Buxoro shahrida yashovchi voyaga yetmagan 17 yoshli T.R., 2019 yilning noyabr oyidan 2020 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli G.YU. bilan o‘zaro gaplashib yurib, B.P., ning fotosuratlarini uyali aloqa vositalariga yuklab olib, ushbu fotosuratni internet tarmoqlarida tarqatib, oshkor qilish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, fotosuratlarni oshkor qilmaslik evaziga 2.850 AQSh dollari va turli xildagi tilla-taqinchoqlarni berishga majbur qiladigan sharoitga solib, G.YU., ning mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 mart kuni Buxoro shahri 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan T.R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, T.R. gumon qiniuvchi tariqasida jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. (Matnda ko‘rsatilgan ismlar o‘zgartirilgan).

Kiritildi: 10:58 24.03.2020. O'qildi: 3131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!