Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«PSJ» muhim futbolchisini sotishga qaror qildi

«PSJ» muhim futbolchisini sotishga qaror qildi

"PSJ"ning braziliyalik himoyachisi Markinyos yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchida Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tish varianti bor. Parij grandi bosslari kelayotgan qishda futbolchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. "PSJ"dagilarning fikricha, ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy Markinyosning o‘rnini bosishga qodir.

31 yoshli braziliyalik futbolchi 2013 yilning yozidan buyon fransuz jamoasida to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Uning bozor narxi 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:37 11.10.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!