Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"PSJ" "Liverpul" va "Real" qiziqayotgan himoyachisiga yangi shartnoma taklif qildi

"PSJ" "Liverpul" va "Real" qiziqayotgan himoyachisiga yangi shartnoma taklif qildi

"PSJ"ning ekvadorlik himoyachisi Villian Pachoga mehnat shartnomasini uzaytirish taklifi kelib tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Agar 23 yoshli Pacho yangi shartnoma imzolasa, u 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, shartnomada turli yutuqlar uchun maxsus bonuslar belgilanadi. Shu bilan birga, jurnalistning ta’kidlashicha, Pachoga "Liverpul" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Pacho barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:44 15.10.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!