Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«PSJ» Chempionlar ligasi finali oldidan ikki yulduzining safga qaytishini kutmoqda

«PSJ» Chempionlar ligasi finali oldidan ikki yulduzining safga qaytishini kutmoqda

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi UYEFA Chempionlar ligasi finalida Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Uchrashuv 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Hal qiluvchi bahsga bir hafta qolganida, jamoa Puassidagi bazada muxlislar va akademiya tarbiyalanuvchilari ishtirokida ichki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. L’Equipe nashrining qayd etishicha, o‘yin ikki bo‘limdan (har biri 20 daqiqa) iborat bo‘lib, rasmiy uchrashuvga imkon qadar yaqin sharoitda tashkil etildi.

Maydonda avvalroq «Parij»ga qarshi o‘yindan keyin avaylab kelinayotgan Nunu Mendesh va Vilyan Pacho ham ko‘rinish berdi.

Biroq, Usmon Dembele va Ashraf Hakimiy umumiy guruhga qo‘shilishmadi:

  • Ashraf Hakimiy: Chempionlar ligasi yarim finalida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda olgan son mushagi jarohatidan tiklanmoqda. Himoyachi yakka tartibda shug‘ullandi. Uning to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi yaqin kunlarda kutilmoqda, biroq finalga qadar optimal formaga kirish uchun vaqt kam qolgan.

  • Usmon Dembele: «Parij»ga qarshi o‘yindan so‘ng boldir mushagida og‘riq sezgan. Vaziyat biroz optimistikroq ko‘rinadi — futbolchi va uning atrofidagilar Dembele Budapeshtda asosiy tarkibda maydonga tushishiga ishonch bildirishmoqda.

Jamoa uchun ikki kunlik dam olishdan so‘ng, seshanba kuni o‘tkaziladigan mashg‘ulot hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 20:28. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!