Luis Enrike jurnalistlar bilan muloqot qilmaslik uchun maoshidan voz kechishga tayyor.
"Men siz bilan yaxshi vaqt o‘tkazyapman. Men hech qachon matbuot anjumaniga xalaqit bermaganman, gapirishni yaxshi ko‘raman, dilimda nima gap bo‘lsa, shuni aytaman.
Xayolimga o‘z-o‘zidan bir fikr keldi: agar siz menga qog‘ozga imzo qo‘ying desangiz va unga ko‘ra maoshimning 50 foizini olaman desangiz, men rozi bo‘laman, lekin men keyin matbuot anjumanlarida gapirishim shart emas.
Klub bilan shartnoma imzolaganingizda, matbuot bilan muloqot qilishga majbursiz. Agar bundan qochib qutula olsam, undan qochaman – ayniqsa, o‘yindan keyingi intervyu paytida", - dedi "PSJ" bosh murabbiyi.