Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezidentga nisbatan suiqasd tayyorlangani ma’lum qilindi

Prezidentga nisbatan suiqasd tayyorlangani ma’lum qilindi

Boliviya hukumati vazirligi (sobiq IIV) mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Janin Anyesga nisbatan suiqasd tayyorlanganini ma’lum qildi va unga Beni departamentiga bormaslikni tavsiya qildi.

"Anyesga nisbatan hujum uyushtirishni rejalashtirgan jinoiy guruh fosh qilindi", - deb ma’lum qildi vazirlik rahbari Arturo Murilyo, deb yozdi Correo del Sur nashri.

Murilyo shuningdek, vazirlik vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi Anyesga bayram tadbirlarida qatnashish uchun Beni departamentiga bormaslikni tavsiya qilganini aytdi.

Boliviyada 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Evo Morales g‘alaba qozondi, ammo uning asosiy raqibi Karlos Mesa ovoz berish natijalarini tan olmadi. Boliviya qurolli kuchlari Moralesni lavozimini tark etishga chaqirdi, shundan so‘ng u iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

Kiritildi: 06:28 19.11.2019. O'qildi: 3926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!