Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi qoldirildi. Nega?

Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi qoldirildi. Nega?

Avvalroq, O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining boshida bo‘lib o‘tishi va shu sabab takliflar 31 iyulgacha qabul qilinishi aytilgandi.

Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov 2 avgustdagi brifingda Shavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar uchrashuvi nima sababdan keyinroqqa qoldirilganiga izoh berdi (https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/02/meeting/).

«Murojaatlarning dinamikasidan kelib chiqqan holda shtab murojaatlarni qabul qilish muddatini yana bir necha kunga uzaytirmoqda. Kecha olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, bu muddat 5 avgustgacha cho‘zilayapti», — dedi Asadov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 10 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan, shundan 85−86 foizi shaxsiy murojaatlar, 14−15 foizi esa yangi g‘oyalar va tashabbuslardan iborat.

30 iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bo‘lajak uchrashuvda tadbirkorlarning qaysi qatlami ishtirok etishini ma’lum qilgan (https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/02/meeting/).

Kiritildi: 15:51 02.08.2021. O'qildi: 3926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!