Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident tavsiyasi bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi O‘zMUga grant asosida qabul qilindi

Prezident tavsiyasi bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi O‘zMUga grant asosida qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining talabalikka qabul bo‘yicha granti sovrindori Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Novoselova Milena Alekseevna O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya: amaliy psixologiya yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.


- Kecha hurmatli Prezidentimiz bu yerga tashrif buyurganlaridan keyin hali ko‘p masalalar yechilishi kerak, qancha vazifalar borligini shu yerni o‘zida bolalarning ko‘zidan ko‘rinib turganini, shu yerdagi yoshlarimizni voyaga yetkazish uchun bu ertangi mehnatga o‘rgatish, mana shu vatanda, shu yurtda kim qaraydigan, kim ardoqlaydigan, kim tarbiyalaydigan, bilimini berib, ertaga mehnatini o‘ylaydigan davlat borligini, Prezident borligini – buni hammasini his qiladigan qilib tarbiyalash, qolaversa ertaga vatanparvarlik hissi mutlaqo bir yangi yo‘nalishdagi tarbiya tizimi kerak bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar. Bu yerda bitiruvchilarni hattoki qayerga oliy o‘quv yurtlariga joylashishi bo‘yicha yechim berib grant ajratdilar. Men hayron qolganim, bu grantlarni bittasi madaniyat sohasi, bittasi ta’lim sohasida. Milena ismli qizimiz 5 ta oliy o‘quv yurtining hammasiga psixologiya yo‘nalishini ko‘rsatgan. Bizning universitetda amaliy psixologiya bor. Mana shu yo‘nalishda ham psixolog mutaxassisi, ham pedagog mutaxassisi kadrlar tayyorlanadi. Milena kechadan boshlab bizning talabamiz! Talabalik guvohnomasi bilan endi universitet har qaysi xonasiga, har qaysi kafedrasiga, axborot resurs markaziga bugundan kelishingiz mumkin. Universitetga xush kelibsiz, - dedi Inom Majidov.


Tadbir yakunida O‘zMU rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining talabalikka qabul bo‘yicha granti sovrindoriga sertifikat, talabalik guvohnomasi, elektron bazalardan foydalanish uchun planshet va kitoblar sovg‘a qildi.

Kiritildi: 23:19 29.07.2021. O'qildi: 2950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!