Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Prezident siyosatdan norozi xalqqa: "To‘rt tomoningiz qibla"

Prezident siyosatdan norozi xalqqa: "To‘rt tomoningiz qibla"

Livan prezidenti Mishel Aun mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida 17 oktyabrdan beri norozilik namoyishi o‘tkazayotganlar haqida gapirdi, deb yozadi "azon.uz".

“Muammolari va talablari nima ekanini tushundik. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga tayyormiz, biroq harakatlaringiz bilan mamlakatni vayron qilmanglar, rasmiy tashkilotlarning ishiga to‘sqinlik qilmanglar. Yo‘llarni berkitish va ta’limning oqsashi mamlakatni falajlab qo‘yyapti. Agar boshqaruvda hech kimni yoqitishmasa, to‘rt tomonlari qibla. Mening o‘tmishimga qarashsin, meni yoqtirishsa, yonimda turishsin, aks holda men ketaman”, – dedi prezident.

Aun namoyishlar avval iqtisodiy talablar bilan boshlagani, keyin siyosiy talablar bildirilganiga e’tibor qaratib, hukumat va xalq orasida ishonchsizlik paydo bo‘lganida, xalq boshqaruvning o‘zgarishini istashi tabiiy hol ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u namoyishchilarning talablarni to‘g‘ri ekanini va bu talablarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Islohotlar uchun birga ishlash maqsadida uch marta namoyishchilarga chaqiriq yo‘lladim. Menga yordam berishlari uchun maydonlarda qolishlarini so‘radim, biroq chaqiriqlarimga javob ololmadim”, – dedi Livan prezidenti.

Mishel Aunning intervyusidan keyin poytaxt Bayrut va boshqa shaharlarda yana namoyishlar boshlanib ketdi. Ular prezidentga va uning kuyovi – tashqi ishlar vaziri Jibran Basilga noroziliklarini bildirdi.

Prezident matbuot xizmati Mishel Aunning intervyusi borasida bayonot berib, prezident aslida “Agar namoyishchilar ichida muloqotga qo‘shiladigan hech kim bo‘lmasa ketishsin, chunki bu tarzda hokimiyatga kelib bo‘lmaydi” degan ma’noda gapirganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:02 13.11.2019. O'qildi: 4819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!