Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Prezident saylovining OAVda yoritilishiga oid seminar tashkil etildi

Prezident saylovining OAVda yoritilishiga oid seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining xalqaro ekspertlari hamkorligida “ZOOM” dasturi orqali Prezident saylovini yoritishga biriktirilgan Jizzax viloyatidagi ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun ikki kunlik o‘quv seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilda o‘tishi rejalashtirilgan Prezident saylovini yorituvchi jurnalistlar malakasini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu o‘quvning dastlabki kunida yuqori toifali trenerlar tomonidan milliy saylov qonunchiligiga va amaliyotiga xalqaro standartlar va tavsiyalarni joriy qilish, saylov jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritishda xalqaro standart va xalqaro tajribalar, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik, saylovoldi “Sukut kuni” javobgarlik masalalari va saylov kampaniyasini elektron nashrlarda yoritishdagi muammolar kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Mavzuga oid taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

O‘quv seminar-treningning ikkinchi kunida saylov davrida gender tenglik masalalari, nogironlarning saylovda ishtirok etishi bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘quv davomida Prezident saylovini yoritish jarayonida OAV vakillari uchun zarur bo‘lgan muhim tavsiya va maslahatlar berildi.

“ZOOM” dasturi asosida o‘zaro erkin muloqot shaklida o‘tgan o‘quv seminar-trening ishtirokchilari tadbir nihoyasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

Kiritildi: 18:58 31.07.2021. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!