Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Prezident qanday kitoblarni o‘qimoqda?

Prezident qanday kitoblarni o‘qimoqda?

Bugun Qozog‘iston prezidentining ish stolida Alek Rossning "Kelajak industriyasi", Yuval Noa Xararining "21 asr uchun 21 dars" va Yusuf Balasaguning "Qutlug‘ bilimlar", Paraga Xanning "Kelajak - Osiyoniki" kabi kitoblarni ko‘rish mumkin. U, shuningdek, ko‘plab gazetalarni ham ko‘zdan kechirib boradi, Taym, Ekanomist jurnallarini o‘qiydi, shuningdek, Le Monde va "Jenmin jibao" nashrlarini ham elektron ko‘rinishda o‘qib boradi. Bu haqda Tengrinews.kz prezidentning matbuot kotibi Berik Ouliga asoslanib ma’lum qildi.

"Bilasizmi, yaqinda prezident buyuk Abayning yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Mening bilishimcha, davlatimiz rahbari bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun Abayning "Hikmatlar kitobi"ni o‘qib chiqdi. Jahon klassiklariga kelsak, u, ayniqsa, ruslarning tasodifan klassik deb nomlarmagan haqiqiy adabiyotini yaxshi biladi", - degan Berik Ali. 

Matbuot kotibining qayd etishicha, so‘nggi paytda Qosim Jo‘mard To‘qayevda kitob o‘qish uchun juda kam vaqt qolyapti.
"Shunga qaramay, u siyosiy adabiyotga ham, badiiy adabiyotga ham, yangi nashr etilgan ilmiy ishlanmalarga ham vaqt ajratishga harakat qiladi. Mening bilishimcha, prezident bir nechta kitobni oldinma-keyin emas, bir vaqtda o‘qishni ma’qul ko‘radi".
Qayd etish lozimki, bugun Qosim Jo‘mard To‘qayevning prezidentlikka kirishganiga 100 kun to‘ldi.
ca-news.org

Kiritildi: 12:26 19.09.2019. O'qildi: 2626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!