Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident madaniyat va san’at xodimlaridan bir guruhini mukofotladi: Bahodir Yo‘ldoshev, Munojot Yo‘lchiyeva, Sevara Nazarxon va boshqalar

Prezident madaniyat va san’at xodimlaridan bir guruhini mukofotladi: Bahodir Yo‘ldoshev, Munojot Yo‘lchiyeva, Sevara Nazarxon va boshqalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, ular «xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini ta’minlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun» mukofotlangan.

«Buyuk xizmatlari uchun»

«Diydor» teatr-studiyasi rahbari Bahodir Yo‘ldoshev;

«Fidokorona xizmatlari uchun»

«Maqom» ansambli rahbari Abduhoshim Ismoilov, yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev, aktyor Abzal Rafiqov;

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Klara Jalilova, Gulchehra Ibrohimova, Munojot Yo‘lchiyeva, Zamira Suyunova, Yolqin To‘ychiyev, Sevara Nazarxon

“Do‘stlik” ordeni bilan

Barno Qodirova, Ilmira Rahimjonova, Fotima Rajametova

“Shuhrat” medali bilan

Shirin Mamatova, Bunyodbek Saidovlar taqdirlandi.

 

Kiritildi: 06:25 30.08.2019. O'qildi: 1746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!