Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident ipoteka krediti bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Prezident ipoteka krediti bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

«Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot».

Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga muvofiq:

  • Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
  • tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
  • Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
  • ayrim shaxslarga (kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.

Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:

Qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda;

Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida.

Kiritildi: 15:49 11.12.2019. O'qildi: 3595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!