Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident hijobda, bosh vazir esa xitoylik...

Prezident hijobda, bosh vazir esa xitoylik...

2005 yillarda turklar bilan suhbatlashganimda Turkiya xalqining xilma-xilligi, turli dunyoqarashlarga va turlicha siyosiy qarashlarga ekanligini va bir mamlakatda bemalol yashab kelayotganini eshitib hayron qolgandim.

O‘sha davrda men uchun O‘zbeksiton va o‘zbekistonliklar bir xil edi. Balkim bunga o‘sha davrdagi holat sababchi bo‘lgandirki, odamlar o‘zlarining dunyoqarashini ommaga ochiqlashmagandir.

Keyingi yillarda ijtimoiy tarmoq rivojlanishi va mamlakatdagi fikrlar xilma-xilligiga ochiqlikning boshlanishi bilan xalqimiz orasidagi turli tabaqalar o‘zlarini ko‘rsata boshladi.

Tabiiyki, bunday holda fikrlar o‘zaro to‘qnashishi tabiiy hol. Ijtimoiy tarmoqni kuzatar ekanman, xalqimiz qaysi toifa vakili bo‘lmasin, dindormi, sekyulyarmi, ateistmi, liberalmi, radikallik balosiga yo‘liqqan.

Uzoq davr gapira olmaslik ortidan kelgan erkinlikni har bir toifa faqat o‘zlari uchun erkinlik deb hisoblayogandek, go‘yo.

Ba’zi musulmonlar o‘zlarini qo‘yib, boshqa din vakillarini yoki dinsizlardan ham shariat qoidalariga amal qilishni talab qilsa, sekulyarlar din bilan dunyo umuman birlasha olmasligini da’vosini qilmoqda.

Lekin, xudoga shukr, har qaysi toifa ichida ham, aqlli, dono va murosali vakillar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Shu o‘rinda bir narsani aytmoqchiman. Musulmonlar deganda yoki dindorlik deyilganda, ko‘pchilik radikal sekulyarlar darrov Afg‘oniston va Suriyani eslashadi va huddiki musulmonlar bilan zamonaviy davlat qurib bo‘lmasligini ko‘rsatishmoqchi bo‘lishadi.

Ularga qarshi esa, musulmonlar, G‘arb davlatlarining "chirigani"ni, "geyropa"ning kuni bitganini aytib, Dubay va Malayziyani misol qilishadi.

Lekin ikki taraf ham murosaga kelishni istashmaydi. Men ularga Singapurni misol qilmoqchiman.

Singapur sekulyar, ajoyib davlat. Aholisining 70% xitoyliklar bo‘lsa-da, aholining 15% tashkil etuvchi malayliklar tili milliy til hisoblanadi. Ingliz tili esa rasmiy til.

Xilma-xillik konstitusiya bilan himoyalangan va Konstitusiyadagi va barcha qog‘ozdagi qoidalar rostdan ham hayotda amal qiladi.

Shu sababdan ham Singapur prezidenti muslima ayol kishi va hijobda, bosh vazir esa xitoylik.

Singapur dunyoning eng rivojlangan va boy mamlakatlaridan hisoblanadi.

Ekspertlar Singapur davlatining II jahon urushidan keyingi qashshoqlikdan keyin tezda rivojlanishiga sabab etib mamlakatning ta’lim tizimiga va, qaysi din va millat vakili bo‘lishidan qat’iy nazar, ishchi kuchning malakasiga e’tibor qaratganligida deb aytishadi.

Biz ham hali yo‘q narsaga seniki-meniki qilmasdan, oq-qoraga bo‘linmasdan, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, yaxshi natijalarga erishimiz mumkin.

Said Komil

Manba: azon.uz

 

Kiritildi: 13:57 17.10.2019. O'qildi: 2703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!