Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident farmoni: bir qator xodimlarning ish haqi oshirildi

Prezident farmoni: bir qator xodimlarning ish haqi oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffisiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi;

Vazirlik markaziy apparatining:

- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;

- fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilanadi.

Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lanadi.

 

Kiritildi: 10:52 12.07.2019. O'qildi: 4967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!