Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 29 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
Sergeli tumani:
Aholi iste’molchilari soni: “Oltin vodiy” MFY Oltin vodiy ko‘chasida 8 ta ko‘p qavatli uylardagi 380 ta xonadon; “Oltin vodiy” MFY Bezakchi va Oltin vodiy 1, 2-tor ko‘chalaridagi 230 ta yerli xonadon.
Yangihayot tumani:
“Yangi Choshtepa” MFY Uzar ko‘chasida 6 ta ko‘p qavatli uylardagi 410 ta xonadon; “Yangi Darxon” MFY Navro‘z ko‘chasidagi 265 ta yerli xonadon; Ulgurji iste’molchilar soni: 14 ta.
“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, – “Hududgaz Poytaxt” xabarida.