Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Poytaxtimizda 7 ta tuman tibbiyot birlashmasida yangi rahbarlar ish boshladi

Poytaxtimizda 7 ta tuman tibbiyot birlashmasida yangi rahbarlar ish boshladi

Toshkent shahridagi Shayxontohur, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Olmazor, Uchtepa va Sergeli tuman tibbiyot birlashmalari(TTB)ga yangi rahbarlar tayinlandi. 

Xususan, Shayxontohur TTBga poytaxtimizdagi 24-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokor muovini Guli Xoliqova, Bektemir TTBga Mirobod tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi mudiri Zebiniso Umarova, Mirzo Ulug‘bek TTBga “O‘zavtosanoat” AJga qarashli “CLINIC PRO” TDM bosh shifokori Muyassar Muhammedova, Yakkasaroy TTBga Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasi bosh shifokori Dilfuza Muxsimova, Olmazor TTBga Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Azizbek Nizomov, Uchtepa TTBga  32-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Nigoraxon Saidova, Sergeli TTBga esa 12-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Tojiboy Yuldashov boshliq etib tayinlandi.

Yangi rahbarlarga  o‘z hududlarida, avvalo, tibbiy profilaktika ishlari bilan jiddiy  shug‘ullanish, oilaviy poliklinikalar ish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholini koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichini kamaytirish va jilovlash bo‘yicha  aniq chora-tadbirlar ko‘rish, tashkil etilgan mobil brigadalar va “COVID-19”ga ixtisoslashgan poliklinikalar faoliyatini tubdan takomillashtirish, kasallikda gumon qilingan fuqarolarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish va davolashni tashkil qilish, kasallanganlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lib, karantinga olingan shaxslarni va ularning oila a’zolarini muntazam tibbiy nazorat qilib borish, “103” tez tibbiy xizmat bilan oilaviy poliklinikalar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalar yuklatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 20:00 12.08.2020. O'qildi: 2710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!