Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Portugaliyada yoqilg‘i inqirozi yuzaga keldi

Portugaliyada yoqilg‘i inqirozi yuzaga keldi

Buning ortidan mamlakatdagi aksariyat avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari ishlamayapti. Hukumat esa vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda Yeuronews.com.nashri xabar bermoqda.

Dushanba kuni mamlakatda yoqilg‘i tashuvchi yuk avtomobillari haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlash e’lon qildi. Bu holat esa sayyohlik mavsumining avj pallasida mamlakatni deyarli falajlab qo‘ydi. Haydovchilar oylik maoshlarining oshirilishi va ish sharoitlarining yaxshilanishini talab etishmoqda. Ish beruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar esa muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Ayni damda mamlakatdagi yoqilg‘i quyush shahobchalarining uchdan bir qismi ishlamayapti. Portugaliya hukumati 21 avgust kuniga qadar mamlakatda favqulodda energetik holatni e’lon qilishga majbur bo‘ldi.

Buning ortidan benzin sotuviga nisbatan cheklov joriy etildi. Endi har bir avtomobilga faqatgina 15 litr miqdorida benzin quyilmoqda. Shuningdek, hukumat fuqarolik rekvizisiyasi to‘g‘risidagi qonunni qo‘llagan holda namoyishchilarga hech bo‘lmaganda minimal xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini yuklamoqda. Unga ko‘ra, ish tashlovchilar, oziq-ovqat yetkazib beruvchilar, qutqaruv xizmatlari va jamoat transportini zaruriy miqdorda yoqilg‘i bilan ta’minlashi zarur aks holda ular ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

Kiritildi: 06:30 14.08.2019. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!