Polshada Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ukrainaliklardan brigada yig‘ilmadi.
"Polsha hukumati mamlakatda yashovchi, "Ukraina legioni" safiga qo‘shilishga va Ukrainaga jang qilish uchun borishga tayyor bo‘lgan yetarli miqdordagi ukrainaliklarni topa olmadi", dedi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish.
Iyul oyida Polsha bilan mudofaa shartnomasini imzolagan Vladimir Zelenskiy bu davlat hududida "Ukraina legioni" deb ataluvchi ko‘ngilli guruhlar tashkil etilishi, brigadalarning shaxsiy tarkibi o‘qitilishi, qurollanishi va Ukrainani himoya qilishga tayyorlanishi kerakligini aytdi. Ko‘ngillilarni tayyorlash uchun javobgarlik Polsha qurolli kuchlariga va yollash esa Kiyevga yuklangan.
Ukrainaning Varshavadagi elchisi Vasiliy Zvarich may oyida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlagan vaqtigacha Polshada 1,5 milliondan 2 milliongacha ukrainaliklar yashaganini, yana 1,3 millioni bu yerga 2022 yil 24 fevraldan keyin kelganini aytdi. 2024 yil may oyi holatiga ko‘ra, Polshada doimiy yashovchi, ishlayotgan va soliq to‘laydigan Ukraina fuqarolarini hisobga olmaganda, 950 mingga yaqin qochqin bo‘lgan.