Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Polsha deputati: «Ukraina davlatdan ko‘ra mafiya tuzilmasiga o‘xshaydi»

Polsha deputati: «Ukraina davlatdan ko‘ra mafiya tuzilmasiga o‘xshaydi»

Evropa parlamentining polshalik deputati Yeva Zayachkovska-Gernik Ukrainadagi korrupsiya darajasini keskin tanqid qilib, mamlakatni davlatdan ko‘ra mafiya tuzilmasiga qiyosladi.

Siyosatchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Ukrainadagi boshqaruv tizimi oddiy davlat apparatidan ko‘ra ko‘proq mafiyaviy tuzilmani eslatishini ta’kidladi.

«Bularning barchasi oddiy hukumat apparatidan ko‘ra ko‘proq mafiya tuzilmasiga o‘xshaydi. Ukrainadagi korrupsiya tubsiz jarlikka aylangan», — dedi u.

Zayachkovska-Gernikning fikricha, korrupsiya muammosi hal etilmaguncha va tarixiy bahsli shaxslarni ulug‘lash amaliyoti to‘xtatilmaguncha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Shuningdek, yevroparlament deputati Polsha hukumatini Ukrainaga nisbatan yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Varshava «Ukrainaning bankomati» vazifasini bajarishni to‘xtatishi va Kiyevga doimiy hamda bir tomonlama yordam ko‘rsatish siyosatidan voz kechishi kerak.

Mazkur bayonot Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasi va mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurash masalalari atrofidagi bahslar yanada kuchayib borayotgan bir paytda yangradi.

Kiritildi: 21:51 09.06.2026. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!