Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Pokiston hukumatining ma’lum qilishicha, Istanbulda o‘tkazilgan to‘rt kunlik Pokiston-Afg‘oniston muzokaralari hech qanday kelishuvsiz tugagan. Turkiya va Qatar vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralar Pokiston-Afg‘oniston chegara hududidagi jangarilar faoliyatiga barham berish uchun kafolat olishda samara bermagan.

Pokiston axborot vaziri Attaulla Tararning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan “Tolibon” asosiy masalalardan chetga chiqib ketgan, oqibatda muzokaralar amaliy yechim bermagan.

Mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlik Islomobod Kobuldan Afg‘oniston “Toliboni” bilan aloqador “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” (Pokistonlik toliblar) radikal qurolli guruhiga qarshi chora ko‘rishni talab qilganidan so‘ng kuchaygandi. Ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlar faollashgan, Pokiston aviasiyasi Kobuldagi nishonlarga zarbalar bergandi. To‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgan edi.

19 oktyabr kuni Qatarda Pokiston hukumati va “Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitim imzolagandi.

Kiritildi: 21:25 29.10.2025. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!