Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Pnevmoniyadan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Pnevmoniyadan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva pnevmoniya haqidagi muhim savollarga javob berdi. 

Pnevmoniya bilan  kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o‘pkaning shikastlanish darajasi va intoksikasiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi. 

Pnevmoniyadan so‘ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Temir moddasi yallig‘lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligida, buyrak yetishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib mos bo‘lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. 

Oddiy grippga karshi vaksina koronavirus infeksiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Kiritildi: 19:09 12.08.2020. O'qildi: 2514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!