Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yashovchi, 1993 y.t. shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona “Iphone 16 PRO MAX” telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSh dollaridan, jami 5700 AQSh dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklarasiyada ko‘rsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora ko‘rmaganligi evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.

Inspektor joriy yilning 11 va 14 iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 AQSh dollari hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazdirib oladi.

Ammo, 16 iyul kuni u 1000 AQSh dollari hisobida 12 mln. 550 ming so‘mni qarindoshining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:02 18.07.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!