Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2 oktyabr kuni soat 20:00 larda 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Howo yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda ko‘prik o‘pirilgan. Oqibatda yuk mashinasining tirkamasi kanalga tushib ketgan.
YTH sodir bo‘lgan vaqtda ko‘prikda fuqarolar bo‘lmagan. Haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan tegishli organ xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.