Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Peterburgda o‘zbekistonlik bolani o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi

Peterburgda o‘zbekistonlik bolani o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi

Sankt-Peterburg sudi o‘zbekistonlik bolani o‘ldirgan shaxsni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasining hududiy bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Tergov va sud aniqlashicha, 2018 yil 26 yanvar kuni erkak Vitebskiy ko‘chasidagi uylardan birining oldida, 2006 yilda tug‘ilgan bolani o‘ldirish niyatida, uning ota-onasiga nisbatan shaxsiy dushmanlik asosida qasddan harakat qilgan. U bolaga noma’lum buyumlar bilan kamida 20 marta zarba bergan, qo‘llari bilan bo‘g‘gan, natijada u voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng sudlanuvchi bolaning jasadini yashirib, uning ustiga qurilish chiqindisi va avtomobil pokrishkalarini tashlab qo‘ygan.

Sud hukmi bilan jinoyatchi qattiq rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Avvalroq, O‘zbekiston fuqarosi 11 yashar o‘g‘li yo‘qolib qolgani haqida polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan. Otaning so‘zlariga ko‘ra, bola 26 yanvar kuni kvartiradan chiqib ketgan.

Kiritildi: 10:28 20.02.2019. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!