Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Moldovadagi saylov jarayoniga aralashayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldovada Rossiya Federasiyasi bilan "yaxshi munosabatlarni rivojlantirish tarafdorlari" ko‘p, ammo bu odamlar "o‘z siyosiy kuchlariga ega bo‘lish huquqidan mahrum".
Peskov Rossiya rasmiylari “boshqalarning ichki ishlariga aralashmaydi”, deb ishontirdi. Uning ta’kidlashicha, Moldovada Rossiya bilan munosabatlarni saqlab qolish tarafdori bo‘lgan siyosatchilarga bu haqda gapirishga ruxsat berilmaydi. “Afsuski, biz Kishinyovda shunday jarayonlarni kuzatyapmiz. Ammo bu bizning aralashishga urinishimiz emas”, dedi Kreml vakili matbuot orqali muloqot chog‘ida.
Moldovada prezidentlik saylovlari 20 oktyabr kuni mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish ehtimoli bo‘yicha referendum bilan birga bo‘lib o‘tadi. Sentyabr oyida Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning amaldagi prezidenti Mayya Sanduni Harakat va birdamlik partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. O‘sha oyda Markaziy saylov komissiyasi “Imkon” muxolifat partiyasidan saylovda qatnashish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qildi.