Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Peres Mbappening xatiga javob qaytardi

Peres Mbappening xatiga javob qaytardi

«Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening unga yo‘llagan xatiga javob yo‘lladi, deb xabar bermoqda «El Chiringuito» nashri.

Avvalroq, Mbappe Peresga Parijda qolishga qaror qilganini ma’lum qilib, «Real»da o‘ynash imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildirgandi.

«So‘nggi kunlarda yuz bergan voqealardan juda ham afsusdaman. Bolalik orzungni barbod qilishdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, senga eng yaxshisini tilayman», — deya Florentino Peresning so‘zlarini keltirmoqda ispan nashri.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasi hujumchisi parijliklar bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Kiritildi: 13:35 22.05.2022. O'qildi: 3976 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!