Aviaparvozlarni monitoring qilish xizmatining xabar berishicha, Bryusseldan Qo‘shma Shtatlarga uchayotgan Boeing C-32 samolyoti 7700 kodini, ya’ni xavf signalini uzatgan, bu samolyot bortida Pentagon rahbari Pit Hegset bo‘lgan.
Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot orqaga burilib, Buyuk Britaniya tomon yo‘l olgan va xavfsiz tarzda qo‘nishni amalga oshirgan.
Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning aytishicha, samolyot old oynasida yoriq paydo bo‘lgani sababli majburiy qo‘nishga to‘g‘ri kelgan.