Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi «jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng» vafot etdi

Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi «jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng» vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i – Qosimov Mirodil Mirxodiyevich olamdan o‘tdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

"2020 yil 19 sentyabrda katta yo‘qotishga duch keldik. 34 yoshda jiddiy kassalik bilan og‘ir kurashdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i – Kasimov Mirodil Mirxodiyevich olamdan o‘tdi.

Kasimov Mirodil 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010-2015 yillar davomida pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag‘larni boshqarish va to‘lov monitoringi bo‘limida mutaxassis keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2015-2020 yillarda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining  Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib, o‘zining mehnatsevar, ma’suliyatli va har bir ishga puxtalik bilan yondoshishi bilan tizim taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan.

Pensiya jamg‘armasida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan, tizimni isloh etish ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan. O‘zining sadoqati, ishonchi va tinimsiz mehnati pensiya sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

U qalbimizda oliyjanob inson, ishonchli hamkasb, oilaparvar va sadoqatli do‘st bo‘lib qoladi", deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 10:20 21.09.2020. O'qildi: 3635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!