Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Pavel Durov so‘roq paytida yiliga 3734 so‘m maosh olishini aytdi

Pavel Durov so‘roq paytida yiliga 3734 so‘m maosh olishini aytdi

"Telegram" messenjeri asoschisi Pavel Durovning aytishicha, uning yillik maoshi bir BAA dirhamni (3437 so‘m) tashkil qiladi. Bu haqda u tergovchilarga Fransiyadagi so‘roq paytida ma’lum qilgan.

Bu bayonot huquq-tartibot xodimlarini hayratda qoldirdi. Ma’lumki, 2014 yilda Durov ijtimoiy tarmoqdagi ulushini sotgani uchun 300 million yevroga yaqin pul olgan. Investisiya fondlari ham uning "Telegram" platformasini 30 milliard dollarga baholagan. Bundan tashqari, Durovning boyligi to‘qqiz milliard dollardan 15,5 milliard dollargacha o‘zgarib turadi.

Durov - assetik turmush tarzi tarafdori. U qahva, spirtli ichimliklar, go‘sht, sut mahsulotlari va dori-darmonlarni ichmaydi. Shuningdek, u ertalab muzli vannalar olib, sahroda meditasiya bilan shug‘ullanib, odamlarni xuddi shu yo‘ldan borishga undaydi, deb yozadi Le Monde gazetasi.

Kiritildi: 16:53 26.09.2024. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!