Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Parkent tumani hokimligining "Captiva"si yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Parkent tumani hokimligining "Captiva"si yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Kuni kecha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan «Mega Karer» MCHJdan  "Captiva" rusumli avtomobil 260 mln. so‘mga sotib olingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Xabarda sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlik aloqalariga alohida urg‘u berilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi Kaptiva avtomobili xarid qilgan va vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligini tasdiqlagan.  

Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi.  

Holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.

 

Kiritildi: 10:32 21.09.2020. O'qildi: 2638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!