Ukrainalik bokschi, 80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Aleksandr Xijnyak professional boksga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi.
"Olimpiya boksida hammasini qo‘lga kiritib bo‘ldim, men bu o‘yinni to‘liq yakunladim. G‘alaba qozonish mumkin bo‘lgan barcha musobaqalarda zafar quchdim. Menda barcha turnirlarning oltin medallari bor. Professional ring men uchun yangi, ammo qiziqarli. Men u yerda ham jahon chempioni bo‘lishni istayman, o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman", dedi ukrainalik bokschi.