Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Pandemiya: "Saudi Aramco"ning sof foydasi 3,7 barobarga tushib ketdi 

Pandemiya: "Saudi Aramco"ning sof foydasi 3,7 barobarga tushib ketdi 

Neft qazib olish va «qora oltin» zaxirasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan "Saudi Aramco"ning 2020 yilning ikkinchi choragidagi sof foydasi 6,6 milliard dollarni tashkil qildi.

TASS bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu paytida sof foyda 24,7 milliard dollarni tashkil etgan. Pasayish 3,7 barobarga teng kelmoqda. Yarim yillikda esa foyda ikki barobar  – 23,2 milliard dollarga qadar tushdi.

Natijalarning pasayishi avvalo,  koronavirus pandemiyasi, shuningdek, narx kon’yunkturasining yomonlashuvi bilan izohlanmoqda.

Shunga qaramay, kompaniya 2020 yilning birinchi kvartalida aksionerlar dividentini 13,4 milliard dollardan 18,75 milliard dollarga qadar ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:25 12.08.2020. O'qildi: 2381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!